O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.