O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari Abror Niyazov va yengil atletika bo‘yicha milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduxoliqov kecha Germaniyaning imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun maxsus sport protezi ishlab chiqaruvchi «OTTOBOCK» kompaniyasi mutaxassislari Tomas Domling hamda Anatoli Tirikni qabul qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokara davomida «OTTOBOCK» kompaniyasi mutaxassisi Anatoli Tirik paralimpiya sportchilarining natijalarini yanada yaxshilash borasida o‘zlari tayyorlab kelgan dasturni taqdim etdi.

Xorijlik mutaxassislar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalarni o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 3 kunlik dastur amaliyotida qo‘llab ko‘rish imkoniyatiga ega.