Yevropa parlamenti Yevroittifoqning 2021 yildan uning hududida plastik idishlarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash haqida qonunga o‘zgartirish kiritilishini ma’qulladi. Ushbu tuzatish yuzasidan 560 deputat ovoz berdi, 35 kishi qarshi chiqdi, 28 kishi esa betaraflinini ma’lum qildi, deyiladi The Guardian xabarida.

Taqiq ostiga ovqatlanishda foyydalaniladigan buyumlar, quloq tozalagich va ichimliklar trubkasi kiritildi. Bundan tashqari ho‘l salfetkalar, gigiyenik prokladkalar va tamaki filtrlari agarda plastikda tayyorlangan bo‘lsa, ular yopiq holda taqdim etilishi zarur.

«Iflos qilgan to‘laydi» prinsipi baliq tutuvchi guruhlarga emas, balki shu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar tarmog‘iga qo‘llanadi.

Har yili Yevropa aholisi 25 million tonna plastik chiqindi tashlaydi, ularning 30 foizdan kamrog‘i qayta ishlanadi. Bugungi kunda dengizdagi chiqindilarning 80 foizi plastik buyumlardir.