O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori, fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri, «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori Rahima Shirinova fransuz tilini o‘qitish, targ‘ib qilish, shuningdek, fransuz madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun Fransiya hukumati tomonidan «Palmes Academique» ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Fransiya hukumatining «Palmes Academique» ordeni 1808 yil 19 martda imperator Napoleon I tomonidan ta’sis etilgan va ilk bor Parij universiteti akademigi hamda professorlari ushbu orden bilan taqdirlangan.

Mazkur orden Fransiya hukumati tomonida fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Orden nomzodlari Fransiya ta’lim vazirligi va Palm Akademiyasi ordeni Kengashi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Kengash qarori bilan nomzodlar ro‘yxati Fransiya Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.