Toshkent moliya institutida Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) bilan hamkorlikda «Binary Graduate School» qo‘shma fakulteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Tantanali ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar-xodimlari, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assan va Bayneriy universiteti prezidenti Tan Sri Dato boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Mazkur qo‘shma fakultetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Master of Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta’lim mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi.

O‘qishga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi asosida yoki dastur davomida istalgan birsemestrda Malayziyada tahsil olish imkoniyati yaratiladi. Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.