Toshkentda o‘tkazilayotgan Xalqaro moliya-bank forumida «Humo» to‘lov tizimi aprel oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi haqida so‘z yuritildi. Ba haqda O‘zA xabar bergan.

— Ayni vaqtda biz plastik kartochkadan naqd pul olish, savdo do‘konlariga to‘lov qilish kabilarda foydalanayotgan edik, -deydi «Humo» milliy to‘lov tizimda rahbari Shuhrat Qurbonov. — «Humo» to‘lov tizimida bu imkoniyatlar yanada kengaytiriladi. Tasavvur qiling, metroda yoki avtobusda uni terminalga tegizib, to‘lovni amalga oshirasiz. Yoki savdo do‘konida xarid uchun to‘lovni amalga oshirishda kod terib o‘tirmaysiz. Ayni vaqtda esa forum doirasida uchrashuvlar o‘tkazib, xorijda ham undan bemalol foydalanish uchun imkoniyat yaratish. Bu borada Rossiya tajribasini ko‘rib chiqdik. Ularda shunga o‘xshagan to‘lov tizimi bor.

Forumda jahonning 21 mamlakatidan 400 ortiq moliya sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.