O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qizilo‘rda viloyatida vertolyotning qulashi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevga ta’ziya bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Bortida 13 kishi bo‘lgan Qozog‘iston HHK vertolyoti 27 mart kuni o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida qulab tushgan edi. Barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.

Mi-8 rusumli harbiy vertolyot to‘rtta jangovar vertolyotdan iborat tarkib bilan Aktaudan Chimkentga uchayotgan bo‘lgan. Parvoz kunning qorong‘i vaqtida murakkab meteorologik sharoitda amalga oshirilayotgan bo‘lgan.
Mudofaa vazirligi aviahalokat tafsilotlarini o‘rganmoqda.