2018 yil 21 aprel kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashagan A.X. tan jarohatlari bilan uyiga kelib, shu yerda vafot etgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar Ko‘kterak mahallasida yashovchi E.K. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.