1 aprel — Butunjahon kulgi kunini nishonlash arafasida Buxoroning tarixiy yerlarida «Nasriddin Afandi» festivaliga start beriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xo‘ja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bog‘liq bo‘lgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu kunda «Sharq taomlari» festivali ham tashkil etiladi va tashrif buyurganlar O‘zbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Tadbir ikki kun davomida o‘tkaziladi.