23−26 mart kunlari umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Ilm-fan kelajak poydevori» shiori ostida «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar sammiti o‘tkazildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sammitda qator hamkor va mutasaddi tashkilot vakillari hamda 140 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan o‘quvchi-qizlar ishtirok etishdi.

«Qizlarjon» sammiti ishtirokchilari endi o‘quvchi-qizlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarni (erta nikoh, erta to‘g‘ruq, huquqbuzarliklar va boshqa psixologik tushkullikka tishish) oldini olish, o‘quvchi-qizlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish va ularni milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida o‘z faoliyatlarini olib boradilar", — dedi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga sammit ishida o‘quvchi-qizlar Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash bo‘yicha qonun qabul qilish bo‘yicha murojaat yo‘lladilar.

Shuningdek sammit ishida «Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari bo‘lgan tanlovi g‘oliblari kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlarni nafaqat badiiy adabiyotlar bo‘yicha balki oilaga tayyorlov mundarijasidan o‘rin olgan kitoblar bo‘yicha o‘tkazishni taklif qildilar.

Sammit yakuniga ko‘ra endi barcha hududlarda «Qizlarjon» sammiti tashkil etilishi va qizlarning axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini mustahkamlab borish bo‘yicha Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan joylarda dasturchi qizlar uchun mahsus treninglar va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va o‘quvchi-qizlarning xorijiy tillarda o‘z fikrlarini teran ifoda etishlari uchun «TED-ed» klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilab olindi.

Sammit doirasida o‘quvchi-qizlar uchun Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnalogiyalari universitetining Samarqand filialii faoliyati bilan tanishishdi va 1 kun davomida oliy ta’lim muassasalarida erkin tinglovchi sifatida dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.