Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Danil Yevdokimov ko‘plab sportchilarimiz qatori poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda yurtdoshimiz ushbu musobaqaga tayyorgarlikni AQSHda olib boryapti. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

120 kilometrli jamoaviy poygada Yevdokimov sheriklari bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Joriy turnir bo‘lajak qit’a chempionatidan avval o‘ziga xos tayyogarlik vazifasini o‘tab berdi.