Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yutib olgan holda yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, «Toshkent-Amritsar» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.