Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta «DAMAS» rusumli avtomashinalar to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2.844 shisha «Qaratau» nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan, hamda uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln. so‘mlik jami 19.687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.