26 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

«Haligacha ichimlik suvi yo‘q bo‘lgan maktablarimiz bor. Mamlakatdagi maktablarning, adashmasam, 4 dan biridami, suv yo‘q. Atrofi o‘ralmagan maktablarimiz bor, xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Chegarasi, hududi aniq belgilanmaganidan keyin qanday qilib xavfsizligini ta’minlash mumkin?

Ilgari paxtaga chiqarish uchun, majburiy obuna qilish uchun doimiy pul yig‘ilgan. Mana shu narsalar to‘xtatilgani uchun pul yig‘ilishi ham to‘xtadi", — dedi vazir.