2019 yil 25 mart kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida huquqni muhofaaza qiluvchi idoralar xodimlari o‘tkazgan tadbir natijasida Karmana tumani Michurin dala-hovlilar jamiyatida yashovchi F.A. (ismli ayol) 14 kunlik farzandini 5 mln. so‘m evaziga fuqaro D.J.ga sotayotgan vaqtida qo‘lga oldilar.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.