Qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan hududlarda gaz tarmoqlari demontaj qilinishi munosabati bilan Toshkent shahrining Yashnobod va Bektemir tumanlarida 28 mart soat 9:00 dan 19:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz"ning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Soha tizimiga oid savollaringizni Telegram-bot orqali «UNG muloqot» havolasiga, Facebook‘dagi «Xalq bilan muloqot» guruhi va rasmiy veb-sayti orqali yuborishingiz, hamda har hafta dushanbadan jumaga qadar soat 10.00 dan 16.00 gacha +998994443949 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.