O‘zbekistonda 2021 yilga qadar sil infeksiyasiga qarshi kurashga 118 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda Toshkentda Xalqaro silga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda dunyoda har yili 1,5 mln kishi ushbu xastalikdan vafot etmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, har 100 ming aholidan 42,9 kishi silga chalingan bo‘lib, o‘lim ko‘rsatkichi 1,6 tani tashkil etadi.

O‘zbekistonda ilk bor silning ko‘plab dori vositalariga chidamli shakllariga (MLU-TB) qarshi kurashda foydalanish uchun antibiotiklarning yangi sinfi joriy etildi. Samarqand va Toshkentda MLU-TBni davolash bo‘yicha to‘qqiz oylik kurs amalga joriy etilgan.

Ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori Nargiza Parpiyevaning qayd etishicha, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib silning dorilarga chidamli shaklini davolashning tezlashtirilgan uslubi joriy etilmoqda. Mazkur loyiha 2013 yilda Qoraqalpog‘istonda «Chegarasiz shifokorlar» tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bugun dastur boshqa hududlarda ham joriy etishga JSST ham qo‘shildi.

Nargiza Parpiyevaning qo‘shimcha qilishicha, prezident qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasida, so‘ngra mamlakatdagi barcha tibbiyot OTMlarida klinik ordinatura va magistratura ta’limida pulmonologiya va ftiziatriya kafedralarida o‘qish to‘liq byudjet asosida amalga oshiriladi.