«Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatida 4-sonli klinker ishlab chiqarish texnologik tarmog‘i qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Qiymati 925 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarishga zamonaviy energiya tejamkor texnika va texnologiyalarni joriy etishdir, — deydi korxona bosh muhandisi A. Salomov. — Shu bilan birga, korxonaning klinker ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot tannarxini tushirib, raqobatbardoshligini ta’minlash. Loyiha 2019−2020 yillarda amalga oshiriladi.