Hukumatning ayrim qarorlariga 2019 yilning 25 mart sanasida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, atrof-muhitni ifloslantirish va chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi.

Ilgari kompensatsiya Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan undirilgan.

Mazkur kompensatsiya quyidagicha taqsimlanadi:

74 foizi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga;

26 foizi — respublika byudjetiga.