Ultimate Fighting Championship (UFC) shafeligi ostida oktagonga chiquvchi irlandiyalik jangchi Konor Makgregor o‘zining aralash janglar san’ati (MMA)dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasi orqali e’lon qildi.

Shu yilning mart oyidagi holatga ko‘ra Konor Makgregor UFC’ning eng yaxshi jangchilarining rasmiy ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallab turgandi.

Konor Makgregor o‘zining oxirgi jangini Las-Vegasda o‘tkazgan bo‘lib, rossiyalik Habib Nurmagomedovga yutqazib qo‘ygan edi. U faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 21 tasida g‘alaba qozongan.