«O‘zatom» agentligi va Fransiyaning Assystem kompaniyasi qo‘shma injiniring korxonasini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

20 mart kuni Toshkentda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Federiko Jenua boshchiligidagi Assystem vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar kadrlar tayyorlash va O‘zbekiston yadro infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Assystem atom energetikasi sohasida dunyodagi eng yirik uta xalqaro kompaniyadan biri hisoblanadi va 50 yildan ziyod ish tajribasiga ega. Kompaniya Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Finlyandiya, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrikada yadro energetikasini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.