Maxsus prokuror Robert Myuller Donald Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Robert Myuller Rossiya ikki usul — «Internet tadqiqotlari agentligi» faoliyati va xakerlik hujumlari, jumladan Demokratik partiya serverlarini buzish orqali AQSH prezidentligiga saylovlarga ta’sir ko‘rsatishga uringanini aniqladi.

Maxsus prokuror bayonotida qayd etilishicha, Tramp va uning saylov shtabi xodimlarining jinoyatni sodir etganligini isbotlovchi dalillar mavjud emas. Biroq Myuller prezident va uning saylov shtabini oqlamadi, jumladan maxsus prokuror Donald Tramp tergov ishiga xalal berishga urindimi, degan savolga javob berishga qiynaldi.

Robert Myullerning tergovi 2017 yilda boshlangan edi. Ish doirasida Donald Tramp shtabining sodiq rahbari Pol Manafort moliyaviy qonunbuzarlik va ro‘yxatdan o‘tmagan holda lobbichilik bilan shug‘ullangani uchun jazoga tortilgan edi.