Joriy yilning 1−10 aprel kunlari Shri-Lanka davlatining Kalutara shahrida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik yoshlar ham ishtirok etishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur nufuzli musobaqada tegishli yosh toifalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko‘rsatgan shaxmatchilar Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Begmuratov va Abdimalik Abdisalimov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, shaxmatning klassik, rapid va tezkor yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari shveysarcha tizimda 9 tur natijalariga ko‘ra aniqlanadi.