Rossiyadagi «Lujniki» sport majmuasida sambo bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari yakunlandi. 22−23 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirning ikkinchi kun dasturida sambochilarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Zarnigor O‘rmonova (56 kg), Sherzod Rasulov (62 kg, jangovor sambo), Ne’mat Yoqubov (90 kg, jangovor sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovor sambo), Hakimjon Ismoilov (+100 kg, jangovor sambo) kumush medal qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovor sambo) bronza medali egalasiga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi kun bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi joriy musobaqada 2 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘ardi. E’tiborlisi, jangovor sambo yo‘nalishida umumjamoa bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritildi.