2019 yil 24 mart kuni soat 00:45 larda Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi Ye.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatda, M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Shu kuni, shahar prokuraturasi tomonidan Ye.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.