2019 yil 20 mart kuni Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi.

Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (ijod maktabi) tashkil etiladi.

Ijod maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.