Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Moskva pedagogika davlat universiteti rektori Aleksey Vladimirovich Lubkov boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Bu haqda vazirlikning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Vazir Inomjon Majidov Aleksey Lubkov bilan Moskva pedagogika davlat universiteti bilan tuzilgan yo‘l xaritasiga muvofiq MDHga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim sohasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Rossiyalik mehmonlar yurtimizga tashrifi davomida asosiy hamkori — Toshkent davlat pedagogika universitetida ham bo‘lib, bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishadi.

Jumladan, bakalavriat hamda magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi.