O‘zbekiston milliy terma jamoasi «China cup-2019» xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoyga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va 3-o‘rin sohibiga aylandi. Uchrashuvda yagona golni Eldor Shomurodov 35-daqiqada kiritdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘yin to‘laligicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustunligi ostida o‘tdi. Gol kiritish uchun bizda ko‘plab vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo faqatgina ularning bittasidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldik.

Shu tariqa O‘zbekiston Xitoydagi xalqaro musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

«China cup-2019»

O‘zbekiston — Xitoy 1:0

Gol: E.Shomurodov (35)

Xitoy: 12.Yan Junling, 5.Zang Lingpeng, 24.Fu Xuan, 3.Gao Zunyi (17.Vang Gang, 58), 26.Li Ang, 15.Vu Shi (30.Peng Shinli, 67), 21.Tan Long, 13.Xi Chao (11.Xao Junmin, 58), 14.Zang Xiuvey, 9.Dong Xuyesheng, 7.Vei Shixao

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 13.Oleg Zoteyev, 23.Odil Hamrobekov, 19.Otabek Shukurov, 10.Javohir Sidiqov (17.Doston Hamdamov, 70), 8.Ikrom Aliboyev, 7.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 72).

Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov 31.