O‘zbekiston tarixida ilk bor chang‘i akrobatikasi Lina Cheryazova 23 mart kuni Novosibirksda 51 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

Novosibirsk shahar meriyasi Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rasmiy saytida xabar qilinishicha, sportchi uzoq davom etgan xastalikdan vafot etdi.

Lina Anatolevna Cheryazova 1968 yil 1 noyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. 1989 yilda fristayl bo‘yicha Jahon kubogida Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Ittifoq parchalanganidan so‘ng O‘zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda qatnashgan.

O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi munosabati bilan 2001 yilda chop etilgan marka. Foto: olympic-stamps.ru.

1994 yilda Norvegiyaning Lillexemmerida o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashdi. U qo‘lga kiritgan oltin medal hamon mamlakat tarixida yagonaligicha qolmoqda. Bundan tashqari, u akrobatikada fristayl bo‘yicha ham birinchi olimpiya chempioni hisoblanadi. Sportchi 1992−1994 yillarda Jahon kubogining 18 ta bosqichidan 13 tasida g‘alaba qozondi.

1994 yil Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng u og‘ir tan jarohati oldi. Amerikaning Leyk-Plesid qishlog‘ida mashg‘ulot vaqtida 25 yoshida sportchi boshidan hayotiga xavf soluvchi jarohat oldi, biroq u nafaqa sog‘aydi, balki katta sportga ham qayta oldi. 1998 yilda Naganoda Qishki Olimpiya o‘yinlariga saralash bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 13-o‘rinni qo‘lga kiritgan Lina katta sportdagi faoliyatiga yakun yasadi. O‘sha vaqtdan buyon Novosibirskda yashab kelayotgan edi.

1994 yilda Cheryazova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 1998 yilda — “O‘zbekiston iftixori” unvoni, 2006 yilda — Rossiyada xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvoniga loyiq ko‘rildi.

Lina Cheryazovaning 1994 yilgi Olimpiadadagi chiqishi