2019 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida 18 mart kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan 25 yoshli Sh. O. o‘zining 3 oylik o‘g‘lini O‘rtachirchiq tumanida 8 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.