26−29 mart kunlari respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deya xabar qildi O‘zA Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga tayangan holda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, 26−27 mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. 28−29 mart kunlari esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirib 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 7−12 daraja iliq, kunduzi 10−15 daraja iliq bo‘ladi. 27 mart kechasi 5−10 , kunduzi 10−15, 28−29 mart kunlari kechasi 5−10 daraja iliq, kunduzi 15−20 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26−27 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28−29 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7−12, kunduzi 15−20 daraja iliq, 28 mart kuni esa 13−18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26−29 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7−12, 26 martda kunduzi 19−24 daraja iliq, 27 martda 15−20 daraja iliq, 28−29 martda 13−18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26−29 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9−14, kunduzi 26 martda 20−25 daraja iliq, 27 martda 18−23 daraja iliq, 28 martda 15−20 daraja iliq, 29 martda 17−22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27−29 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, Momaqaldiroq paytida 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7−12, kunduzi 26 martda 17−22, 27−29 martda 13−18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 0−5, kunduzi 10−15 daraja iliq, 27−29 mart kunlari kechasi 2−7, kunduzi 10−15 daraja iliq bo‘ladi.