Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida shu yil 17 mart kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani «Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi» yo‘lida haydab ketayotib, piyoda B.X.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida B.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Jomboy tumani Xitoybola qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.B. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, haydovchi ushlangan. Tergov davom etmoqda.