Podpolkovnik Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bu haqdagi buyruqni imzoladi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Bunga qadar podpolkovnik Rafiqjon Jalilov poytaxt IIBB Yo‘l-patrul xizmati maxsus brigadasi komandiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

YHXB boshlig‘i lavozimi o‘tgan yilning may oyida Barat Mamenov vazifasidan ozod qilinganidan buyon vakant qolayotgan edi.