O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Szyansu provinsiyasi Yanchen shahridagi kimyo zavodida ro‘y bergan falokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga chuqur ta’ziya bildirdi.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev Tigr daryosida parom cho‘kishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Iroq Respublikasi Prezidenti Barham Ahmad Solihga samimiy hamdardlik bildirdi.