Navro‘z bayrami tadbirlari 21−24-mart kunlari bir vaqtning o‘zida Toshkent shahrining turli joylarida o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda mumtoz san’atni qadrlovchilar qatori zamonaviy musiqa ixlosmandlari ham e’tibordan chetda qolmaydi. Siz turli ko‘rgazma va festivallar, milliy o‘yinlar va sport musobaqalari namoyishlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi orqasida. Soat 12:00 dan 22:00 gacha simfonik orkestri konserti va gullar festivali o‘tkaziladi.

Sayilgoh ko‘chasidagi favvora oldida va A.Navoiy nomidagi teatr binosi. Soat 12:00 dan 19:00gacha viloyatlar ko‘rgazmasi, DJlar festivali hamda katta konsert dasturlari namoyish etiladi.

Davlat xafsizlik xizmati avtoturargohi. Soat 12:00 dan 20:00 gacha “Sharq bozori” tashkil etiladi.

Zarafshon KSM avtoturargohi. Soat 12:00 dan 20:00 gacha Milliy ustalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

“Hyatt regency” mehmonxonasi. Soat 12:00dan 18:00 gacha Milliy o‘yinlar tashkil etiladi.