O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari «vaziyat aniq bo‘lgunga qadar» valyuta savdolarini amalgao shira olmaydi. Buning sababi valyuta birjasi savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklardir, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Ushbu banklar quyidagilardir: Hamkorbank, «Savdogar» bank (chet el kapitali ishtirokida), «Turkiston» bank, Hi-Tech Bank, «Trastbank» (xususiy banklar), «Universal bank», Invest Finance Bank, bank «Ipak yuli» (aksiyadorlik-tijoriy banklar), Asia Alliance Bank (davlat banki).

Valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun mazkur banklarga nisbatan 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan davrida 31 holatda jami 2.5 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari ko‘llanilgan.

Shu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valyuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirish huquqiga egadirlar, deyiladi xabarda.

Bank mijozlari tijorat banki chet el valyutasini xarid qilish va sotishni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Markaziy bank banklar o‘z vazifa va majburiyatlarini, shu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplashini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi choralarni ko‘rib boradi.