O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qo‘shinlari vakillari umumiy miqdori 90 million so‘mga teng «ondatra» terisining yirik partiyasini davlatimiz chegarasidan noqonuniy olib o‘tilishiga bo‘lgan urinishga chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning 10 mart kuni davlat chegarasidagi «Zangiota-avtomobil yo‘l» nazorat-o‘tish punktida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ularning qo‘llarida ikkita chemodan yuk bo‘lgan.

Qo‘lga olinganlarning yuklari tekshirilganda, qonunbuzarlar davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan 1505 ta presslangan «ondatra» terisi borligi aniqlangan.

Qo‘lga olingan tovar va shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora ko‘rildi.