O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi. prezidentning tegishli farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sa’dulloyevich Choriyev tayinlandi.