Qozog‘iston parlamenti palatalari majlisida Ostona nomini mamlakatning birinchi prezidenti sharafiga Nursulton etib qayta nomlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi «Kazinform» AA.

«Hozirgina biz qonun loyihasini konseptual ma’qulladik, hech qanday e’tirozlar kelib tushmadi. Qonun loyihasini to‘liq ma’qullashni taklif qilaman. Ovoz berishni so‘rayman. Qaror qabul qabul qilindi», — dedi Qozog‘iston parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin.

Mamlakatning yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev topshirig‘i bilan poytaxt nomini referendumsiz qayta nomlash to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.