Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari fevral oyida kvadrat metri uchun 645 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi. Narxlar noyabrdagi 647 sh. b. dan (dekabrda — 644, yanvarda — 646) qariyb o‘zgarmadi.

Qishning so‘nggi oyidagi g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 1 foizga o‘sib, 689 sh. b. dan 697 sh. b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 1 foizga arzonlab, 621 dan 616 sh. b. ga tushgan.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 651 sh. b. (-1 foiz), ikki xonali — 625 (o‘zgarishsiz), uch xonali — 662 (o‘zgarishsiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 653 (-1).

Ma’lumot uchun: Narxlar faqatgina axborot maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Narxlar dom.vsem.uz va uybor.uz internet manbalari tomonidan taqdim etilgan. Taklif etilayotgan qiymatlar barcha ma’lumotlar bazasidan tanlab olingan sotuvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan.