Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistonda Respublikasidagi elchixonasi kanselyariyasining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonni viloyat hokimligi binosida viloyat hokimining o‘rinbosari A.Ahmedxo‘jayev va viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i B.Akramov kutib oldi.

Uchrashuv davomida viloyatning iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyatini aks etuvchi videotaqdimot namoyish etildi.

Taqdimot etilganidan so‘ng tomonlar o‘rtasida o‘zaro muzokaralar olib borildi, xususan,

Jizzax viloyati mutasaddi tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarini Xitoy davlatida iqtisodiyotning jadal o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida o‘quv-seminarlari tashkil etish;

Jizzax shahrida zamonaviy mehmonxona, konferens-xoll, ko‘rgazmalar saroyi loyihalari qurish taklifi;

Viloyatdagi mavjud infratuzilma ob’ektlarini Xitoy hukumati grant mablag‘lari evaziga qurilishini ta’minash;

«Xavfsiz hudud» dasturini Xitoy bilan birgalikda loyiha taklifini ishlab chiqish;

Jizzax viloyatida to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish iqstiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistonda Respublikasidagi elchixonasi kanselyariyasining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun xonim joriy yil aprel oyida yirik Xitoy kompaniya vakillari bilan Jizzax viloyatiga tashrif bilan kelishishi ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar «Jizzax» EIZ hududidagi Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ketishdi.