20-mart kuni Navro‘z arafasida ochilgan Toshkentdagi Navro‘z maydoniga 57 metrlik balandlikdagi flagshtok o‘rnatildi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Yangi maydon Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari chorrahasida joylashgan. Bu yerda dam oluvchilar uchun o‘rindiqlar, kitob javonlari o‘rnatilgan, Wi-Fi hududlar tashkil etilgan. Maydon markazida diametri 20 m bo‘lgan musiqali favvora ham barpo etilgan.

Ochilish marosimiga Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurdi.

2018-yil iyulida poytaxtdagi Xalqlar do‘stligi maydoniga 65 metrlik flagshtok o‘rnatilgan edi.