Joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Surishtiruv davomida N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi «Shaxnoza» ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan so‘ng, avvaliga 3500 AQSH dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.