The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatdan 133 ta shahar o‘rin oldi.

EIU ekspertlari reyting tuzishda 160 turdagi mahsulot va xizmatlarning 400 ta narxini taqqoslab, shundan so‘ngra hayot darajasi indeksini hisoblab chiqadi. Bunda Nyu-Yorkda yashash narxlari asos qilib olindi.

Birvarakayiga uch shahar — Singapur (Singapur), Parij (Fransiya) va Gonkong (Kitay) — reytingda birinchi o‘rinni band qildi. Dunyoning eng qimmat shaharlari o‘nligidan Syurix, Jeneva (Shveysariya), Osaka (Yaponiya), Seul (Janubiy Koreya), Kopengagen (Daniya), Nyu-York (AQSH), Tel-Aviv (Isroil) va Los-Anjeles (AQSH) joy oldi. Bu ro‘yxatdagi ikki shahar o‘ninchi o‘rinni bo‘lib oldi.

Toshkent 131-o‘rinni egallagan holda dunyoning eng arzon uch shahridan biri bo‘ldi. Karakas (Venesuela) va Damashq (Suriya) 133 va 132-o‘rinlarni egalladi. Eng arzon shaharlar o‘nligidan Olma Ota (Qozog‘iston), Bangalor (Hindiston), Karachi (Pokiston), Lagos (Nigeriya), Buenos-Ayres (Argentina), Chennai va Nyu-Deli (Hindiston) o‘rin oldi.