Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi 2019 yil 12 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi binosida sayyor ochiq sud majlisida Navoiy viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limi 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq ish materiallari ko‘rib chiqildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining raisi Jahongir Karimov «Gazeta.uz» ma’lum qildi.

Jumladan, sud tomonidan Navoiy viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limi 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar A. Tog‘ayev, I. Hasanov F. Chariyev, E. Niyozov, N. Narzulloyev, O. Muxammedov, A. Kamaletdinov, A. Katunsev, K. Djamolov, N. Shkril, X. Yusupov, O. Nuraliyev, O‘. Saidovning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘talmay qolgan qismini ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, ular oilasi bag‘riga qaytarildi.

Sud tomonidan ularga o‘talmay qolgan jazolarini halol mehnat orqali o‘tash hamda kelajakda hayotlarini yaxshilanishi uchun imkoniyat berildi.