Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy ob’ektlarida zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish, mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 23 884,4 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan liftlar «Tashaffus» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish 1 aprel kunidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.