18 mart kuni Surxondaryo viloyatida kuchli qum bo‘roni kuzatildi. Uning boshlanishi Termiz meteostansiyasida 14:55 da qayd etildi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV huzuridagi Gidrometeologiya xizmati «Gazeta.uz"ga.

"Qum bo‘roni mahalliy ahamiyat kasb etdi. Biz chang bo‘ronlarini prognoz qila olmaymiz, biroq shamol tezligi 18−20 m/s ga qadar kuchayishi to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilingan edi. Bu mahalliy qum bo‘ronlarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan shiddatli shamol hisoblanadi", — deya xabar qildi O‘zgidromet.

Ob-havo ma’lumotlarida dushanba kuni mamlakatning katta hududida janubdan kuchli issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani qayd etilgan edi. Shimoliy hududlarga esa Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalarining kirib kelishi boshlangan.

Daryo xabariga ko‘ra, qum bo‘ronlari Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham kuzatilgan.

O‘tgan yilning may oyida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida chang-tuzli bo‘ronlar kuzatilgan, shamol tezligi 25−27 m/s ga yetgan edi. Uzoq davom etgan quruq ob-havodan so‘ng kuchli shamol ko‘p miqdordagi chang va Orol dengizining qurigan tubidan tuzlarni havoga ko‘targan edi.

Video