Darxan Amangeldiyevich Satibaldi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi, deya xabar qildi «Kazinform» prezident Nursulton Nazarboyev farmoniga ilova qilgan holda.

Darxan Satibaldi (1974 yilda tug‘ilgan) Qozog‘iston parlamenti Senati deputati, Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va ilm-fan qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

2016 yil bahorida mazkur lavozimga tayinlangan sobiq elchi Yerik Utembayev vazifasidan ozod qilindi. 2018 yil oktyabrida Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari u o‘ta yirik miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi.