Majburiy ijro byurosi 2019 yilning 17 mart kuni Xabar.uz saytida byuroning faoliyatiga oid tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi.

Xabar.uz saytida, joriy yilning 23 fevral kuni

«MIB: «Qarzingiz bo‘lsa noxush vaziyatga tayyor turing…» hamda 13 mart kuni «MIB o‘zining «majburiy» maqomidan ayrilishi mumkin» nomli materiallar joylashtirildi.

Ma’lumotlarda, byuro faoliyatidan aholi norozi bo‘layotgani uchun uni tugatish, Bosh prokuratura tasarrufidan chiqarib, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazish yoki boshqa mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligi fikrlar oldinga surildi.

Tahlillarda, Xabar.uz saytida byuro faoliyatiga doir ma’lumotlarni joylashtirishda amaldagi qonunchilik talablari inobatga olinmagan.

Prezident tomonidan ta’minotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmaganligi oqibatida iste’molchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada ta’minlanmagani, iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Sud departamenti faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarning tanqidiy baholanib, ushbu sohada to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan.

(Byuroni qayta tashkil etish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.)

Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi maxsus vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvchi organ bo‘lib:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish va turli sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarini oldini olish;

energiya resurslari, suv ta’minoti sohasida hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Byuro organlari tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashilib, sud va boshqa organlar qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash ham engergiya resurslari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish sohasida samarali natijani berdi.

Shu bois, davlat rahbari farmoni asosida qo‘shimcha vazifa sifatida

suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash, suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish;

qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarnni to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash kabi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining 2015 yil noyabr oyidan 2017 yilning iyun oyiga qadar bo‘lgan 19 oylik faoliyatida 17,8 trln. so‘m undirilgan bo‘lsa, byuro faoliyatining 19 oylik (2017 yil iyun-2018 yil dekabr) davrida

26,3 trln. so‘m undiruv amalga oshirildi, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki Byuro davrida undiruv 48 foizga o‘sgan.

Xuddi shunday, byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv iste’moli sohasida 42 trln. so‘m (gaz — 19,8 trln., elektr — 21,5 trln., suv — 1,2 trln.) so‘m mablag‘ undirildi.

Bu ko‘rsatkich, Byuro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkichga (2015 yil noyabr-2017 yil may) nisbatan (17,2 trln.) 21,3 trln. so‘mga yoki 100 foizga ko‘p undirilganini anglatadi.

Ma’lumot uchun: 2017 yilning yanvar — iyun oylarida «O‘zbekenergo», O‘ztransgaz" va suv ta’minoti korxonalarining jami 13.669 (gaz — 4.255, elektr — 6.562, suv — 2.852) nafar nazoratchilari 5,9 trln. so‘m undirgan bo‘lsa, byuroning 5.439 nafar davlat inspektorlari esa, 2018 yilning shu davrida 14,3 trln. so‘m yoki 8,3 trln. so‘m (139%) ko‘p mablag‘ undirilgan.

Hozirda, byuroning 1 nafar davlat inspektori «O‘zbekenergo», «O‘ztransgaz» va suv ta’minoti korxonalarini o‘rtacha 6 nafar nazoratchisining ish hajmini bajarmoqda.

Huquqbuzarliklarni fosh etish bo‘yicha energiya resurslari va suv ta’minotidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha 1 trln. 111 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 780 dan ziyod jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Byuroda sohadagi aniq mexanizm, ish samaradorligi, mehnat taqsimoti hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniyligi ta’minlash borasida, bir qator zamonaviy kompleksli dasturlar «MIB Portal», «MIB Inspektor» va hisobotlarning yagona portali kabi yangi Dasturiy tizimlar yaratilgan.

O‘tgan 2018 yilda byuro xodimlariga nisbatan 167 ta holatlar aniqlangan.

Bunday holatlar fuqarolarning byuro xodimining harakati yoki qonuniy talabini bajarish o‘rniga, qarshilik ko‘rsatish orqali vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirish kabi harakatlari orqali yuzaga kelmoqda.

Byuro xodimlarining 2 nafar o‘z vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.

Byuro o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan yoki nojo‘ya xatti-harakat sodir etgan xodimlarga nisbatan ham murosasiz munosabatda bo‘lib kelmoqda.

(Byuro tashkil topgandan hozirga qadar 1 ming nafardan ziyod bo‘shatilgan xodimlarning 570 nafardan ortig‘i, aynan xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan sababli vazifasidan ozod etilgan.)

Byuro 2018 yildan boshlab, Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi a’zoligiga qabul qilinib, xalqaro maydonda aloqalarni o‘rnatib bormoqda.

Xabar.uz sayti Majburiy ijro byurosining tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotni ob’ektiv yondashilmagan va amaldagi qonunchilikka asoslanmagan ma’lumot deb hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosi, sayt mas’ullaridan Byuro faoliyatining tuzilmasi haqidagi xabarlarni tarqatishda:

— «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, e’lon qilayotgan axborotning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik;

— «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan majburiyat va javobgarlik tamoyillariga qat’iy amal qilishini;

— faoliyatiga taalluqli ma’lumot va xabarlarni asosli, ob’ektiv hamda bir tomonlama yondashmagan holda tayyorlashlarini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.