Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor iyul oyida jang o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borayotganini bildirdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Irlandiyalik sportchi ayni paytda UFC rahbarlari bilan muzokara olib boryapti. Reja bo‘yicha u iyul oyida oktagonga qaytadi.

«Hozirda biz UFC bilan muzokara o‘tkazyapmiz. Shaxsan o‘zim iyul oyida jang o‘tkazish istagidaman. Keling, muzokaralar qanday yakunlanishini kutamiz. Ungacha aniq bir sana va raqib haqida ma’lumot bera olmayman.

Mashg‘ulotlarni bir kun ham qoldirmayapman. Masalan, bugungi kun kross, ya’ni yugurish mashg‘ulotiga ataldi. Hatto mehmonxona sport zalida ham shug‘ullanyapman", — dedi Makgregor.